Sog‘lom hayot | 21:07
1306
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi

Tajriba natijalariga ko‘ra, kemiruvchilar saraton kasalligiga chidamli bo‘lib, uzoqroq yashay boshladi. Olimlar vaqt o‘tishi bilan bu biologik mexanizmlar insoniyatga yoshga bog‘liq kasalliklarga qarshi kurashishda yordam berishiga umid qilmoqda.

Foto: Warren Umoh/ Unsplash

Amerikalik olimlar inqilobiy tadqiqot o‘tkazib, uzoq umr ko‘rish genini ko‘rsichqonlardan oddiy sichqonlarga o‘tkazdi, deb xabar berdi ScienceDaily.

Kalamushlar 41 yilgacha yashash qobiliyati bilan mashhur bo‘lib, bu boshqa kemiruvchilarning umridan deyarli o‘n baravar ko‘p. Tadqiqotchilar sir yuqori molekulyar massali gialuron kislotasini (HMW-HA) ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus genda yashiringanini aniqladi.

«Tadqiqotimiz sutemizuvchilarning uzoq umr ko‘ruvchi turlarida rivojlangan noyob uzoq umr ko‘rish mexanizmlari boshqalarning umr ko‘rish davomiyligini yaxshilash uchun eksport qilinishi mumkinligi tamoyilini tasdiqlaydi», dedi biologiya va tibbiyot professori Vera Gorbunova.

Ma’lumotlarga ko‘ra, genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlar nafaqat umr ko‘rish davomiyligini taxminan 4,4 foizga oshirdi, balki sezilarli darajada yaxshi sog‘liqni ham namoyish etdi. Xususan, tajriba hayvonlarida o‘smalardan himoyalanish, to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarining past darajasi va ichak immunitetining kuchliligi kuzatildi.

Professor Andrey Seluanovning fikricha, bu kashfiyot kelajakda odamlarda olib boriladigan tadqiqotlar uchun eshiklarni ochadi.

«Biz allaqachon gialuronning parchalanishini sekinlashtiradigan molekulalarni aniqladik va ularni sinovdan o‘tkazmoqdamiz», dedi u.

Olimlar vaqt o‘tishi bilan bu biologik mexanizmlar insoniyatga qarilik kasalliklariga qarshi kurashishda yordam berishiga umid qilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid