O‘zbekistonda investitsiyalar hajmi va o‘sish sur'atlari o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan biroz pasaydi
O‘zbekistonda joriy yilning II choragidagi majburiy karantin choralari iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga o‘z salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilmoqda.
Xususan:
Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning yarim yilligida YaIMning o‘sishi 100,2 foizni (dastlabki prognozga nisbatan 105,8 foiz), sanoat - 98,1 foizni (105,9 foiz), xizmatlar - 102,6 foizni (107,3 foiz), qishloq xo‘jaligi - 102.8 foizni (103,3 foiz) tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: eng og‘ir karantin (aprel) oyida sanoatning pasayishi taxminan 22,8 foizga (2019 yil aprelga nisbatan), xizmatlar 37,5 foizga, eksport 9,6 foizga baholanmoqda.
Davlat budjeti daromadlari qimmatbaho metallarning qulay narxlari hisobiga sezilarli darajada pasaymadi.
Biroq 2020 yilning birinchi yarim yilligida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining shakllanishi, shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hisobiga ikkinchi darajali xarajatlarni sekvestrlashtirishga karamasdan, YaIMning 4,1 foizini (reja - 0,5 96) tashkil etdi.
Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlariga bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar doirasida davlat budjeti daromadlari 2,8 trillion so‘m yoki YaIMning 0,4 foiz miqdorida kamayadi.
O‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan investitsiyalar hajmi va o‘sish sur'atlari biroz pasaydi (prognoz qilingan 108,2 foizga nisbatan 87,2 foiz), lekin iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 39 ta yirik loyiha obektiv sharoitlar tufayli belgilangan muddatidan kech ishga tushiriladi. Bu nafaqat 2020 yilda, balki 2021 yilda YaIMning o‘sish sur'atlariga salbiy ta'sir qiladi.
Xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berishda transport-logistika cheklovlari, korxonalarning vaqtincha yopilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo‘llangan karantin choralari nafaqat importning 15 foiz qisqarishiga ta'sir qildi, balki eksport hajmiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Joriy yilning birinchi yarmida eksportdagi yo‘qotishlar 2019 yilning shu davriga nisbatan 1,8 milliard dollarga, jumladan, tabiiy gaz eksporti 735 million dollar, turizm xizmatlari 399,1 million dollar, aviatsiya xizmatlari 150,3 million dollar, meva-sabzavot mahsulotlari 215,5 million dollar, mis va rux mahsulotlari 106 million dollarga baholanmokda.
Turizm, transportning barcha turlari, umumiy ovqatlanish, nooziq-ovqat tovarlari savdosi, barcha turdagi ta'lim xizmatlari, madaniy va ko‘ngilochar muassasalar xizmatlari koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmoqlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024