Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» hafta davomida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi kuchsiz siklon harakati ta'sirida bo‘ladi.
Respublikada havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha va mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 4 sentyabrda respublikaning katta qismida havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Shu kunlarda harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
5-6 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston ustidan o‘tadigan antitsiklonning chegarasi ta'sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida havo salqinlashsa-da, ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 5 sentyabrda 15-20 darajagacha, kunduzi 27-32 darajagacha pasayadi, 6 sentyabrda yana biroz pasayib kechasi 12-17 darajani, kunduzi 25-30 darajani tashkil qiladi.
Respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
14:15 / 22.05.2026
Hafta oxirida ham yomg‘irli ob-havo davom etishi kutilmoqda
10:25 / 20.05.2026
Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta’sir ko‘rsatildi
23:10 / 15.05.2026