Jahon | 22:19 / 02.09.2020
3829
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada restoranlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan himoya niqoblari ishlab chiqildi 

Kioto san'at universiteti olimi Masako Sasaki antiqa himoya niqobini ishlab chiqdi. Unda viruslar yuqishi haqida qayg‘urmagan holda ovqatlanish mumkin. 

Foto: kyodonews.net

Niqob qog‘ozdan ishlangan ushlagichdan iborat bo‘lib, u niqobga ipsiz mahkamlangan. Niqobni bir qo‘lda ushlab og‘iz-burun yopib turiladi. Bunda tanovul vaqtida niqobni yechib turishga hojat bo‘lmaydi.

“Biz noqulaylikni kamaytiruvchi buyum ishlab chiqishni istagandik”, deb aytgan olim. 

Avgust oxirida 20ga yaqin kishi, jumladan mehmonxona va restoran biznesi xodimlari yangi niqobni taomlarni degustatsiya qilish vaqtida sinab ko‘rishgan. Ular niqobni qulay deb topishgan va unda o‘zlarini xavfsiz his qilishgan.

“Maska juda samarali, chunki undan maqsad nafas yo‘liga tomchilar tushishini kamaytirish hisoblanadi. Ushbu niqob normal hayotga qaytishning yo‘llaridan biri bo‘ladi”, deb aytgan sinovlarda ishtirok etgan olim Takayuki Miyadzava.

Biroq sinovlar ishtirokchilaridan biri ovqatlanish vaqtida bir qo‘l doim niqobni ushlash bilan band bo‘lishi noqulaylik tug‘dirishini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid