Favqulodda vaziyatlarning oldini olish davlat tizimi bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (FVDT) asosiy vazifalari orasiga xorijiy davlatlarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish, ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish qo‘shildi.
FVDTning mahalliy darajasidagi boshqaruv organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlarning vakolatiga esa aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etishga mas'ul bo‘linmalari kiritildi.
Shuningdek, FVDT tezkor-boshqaruv organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari tuman va shaharlar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari bilan kuchaytirilib, Fuqaro muhofazasi tuzilmalari, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari huzuridagi «Mahalla fuqaro muhofazasi» yig‘ma guruhlari, shuningdek, jalb etiladigan volontyorlar FVDT hududiy quyi tizimlarining kuch-vositalari tarkibiga kiritildi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etilishi, shuningdek, ushbu qarorlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda Favqulodda vaziyat rejimini joriy etish darajalari (obekt, mahalliy va respublika darajalari) belgilandi.
Bundan tashqari, FVDT funksional quyi tizimining yangilangan tarkibidagi 44 ta vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha funksiyalar yuklanib, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va «O‘zsuvta'minot» AJ FVDT tarkibiga yangidan kiritildi.
Transport, Energetika va Suv xo‘jaligi vazirliklari zimmasiga ular mas'ul bo‘lgan sohada faoliyat yuritayotgan 11 ta tashkilotning funksiyalari hamda Milliy gvardiyaga FVDT funksional quyi tizimining qo‘riqlash xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish funksiyasi yuklandi. Suv xo‘jaligi vazirligiga mukammalligi I, II va III darajada bo‘lgan, shuningdek, respublika va mintaqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik holatini nazorat qilish va faoliyatiga rahbarlik qilish belgilandi.
Shu bilan birga, qaror bilan mahalliy davlat organlarining funksiyalariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi kiritilib, mahalliy sharoitlar, favqulodda vaziyatlarning xususiyati va viloyatlar (tumanlar va shaharlar)ning imkoniyatlaridan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun FVDT hududiy quyi tizimida 22 ta xizmat, shu jumladan, qo‘shimcha ravishda qo‘riqlash xizmatini shakllantirish funksiyasi belgilandi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:11 / 05.09.2024
Boysun sinovi: O‘zbekiston yirik texnogen ofatlarga qanchalik tayyor?
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024