Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro tashriflarni qayta tiklashning xavfsiz mexanizmlarini ishlab chiqadi
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish maqsad qilingan.
2020 yil 3 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov videokonferensaloqa shaklida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha byurosi bosh direktori o‘rinbosari, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Shuichi Tokuda bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga kuchli turtki bergani qayd etildi. Shu jihatdan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni ta'minlashning muhimligi ta'kidlandi.
Tomonlar turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar. Jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari majlisini hamda ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish borasida fikr almashildi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki tomonlama hamkorlikning yuqori sur'atini saqlab qolish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida o‘zaro almashinuvlar va tashriflarni qayta tiklashning xavfsiz mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish taklif etildi.
Xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi O‘zbekiston-Yaponiya aloqalarining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi, deya yakunlangan xabar.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026