Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib boradi
Belgilangan me'yorlarga javob bermaydi deb topilgan maktablarda an'anaviy ta'lim boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu haqida Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan biror maktab sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi deb topilsa, ushbu maktabda an'anaviy ta'lim boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya'ni o‘quvchilarning ta'lim olishi masofaviy tarzda amalga oshiriladi”, dedi vazirlik rasmiysi AOKA shtabidagi brifingda.
Matbuot kotibi maktablarning qay hollarda karantinga yopilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.
“Bitta sinfda 3 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan taqdirda sinf Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olinadi va maktabda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.
Jami sinflar sonidan yoki o‘qituvchi-xodimlar jami sonidan 10 foizida koronavirusga test natijalari ijobiy natijani ko‘rsatgan taqdirda maktab karantinga olinadi”, dedi Laylo Rustamova.
Avvalroq o‘quvchilar to‘planib qolishining oldini olish uchun sinflar turli soatlarda maktabga kelishi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi
16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
22:46 / 07.09.2022
Nega XTV darsliklar ijarasini bepul qilishni avvalroq taklif qilmagan? Vazir o‘rinbosari izohi
19:28 / 07.09.2022