Valuta operatsiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat valutani tartibga solish sohasidagi amalda bo‘lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kirdi.
Qoidalar bilan valuta operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:
- jismoniy shaxslar bilan valuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;
- banklar tomonidan mijozlar bilan valuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
- valuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat'iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;
- sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
- Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;
- ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Prezidentning “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024