Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung dunyodagi eng yirik farmatsevtika zavodini quradi
Super Plant deb nomlanuvchi ushbu zavod Samsung BioLogics Co kompaniyasining to‘rtinchi korxonasi bo‘ladi. Uning maydoni 230 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Samsung kompaniyasi 2 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab dori-darmon ishlab chiqarish zavodini quradi. 2022 yilda qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng u dunyodagi eng yirik farmatsevtika zavodi bo‘ladi.
Kompaniya koronavirus pandemiyasi sababli biologik davo vositalari bozori rivojlanishini nazarda tutgan holda ushbu sohaga e'tibor qaratmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal
Super Plant deb nomlanuvchi ushbu zavod Samsung BioLogics Co kompaniyasining to‘rtinchi korxonasi bo‘ladi. Uning maydoni 230 ming kvadrat metrni tashkil etadi. U kompaniyaning mavjud uchta korxonasi maydonini qo‘shib hisoblaganda ham kattaroq bo‘ladi.
Samsung BioLogics dunyodagi yirik farmatsevtika kompaniyalari uchun biologik preparatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘linma rahbari Kim Txe-xanning so‘zlariga ko‘ra, dastlab yangi zavod ancha kichik bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo koronavirus pandemiyasi yangi toifadagi mahsulotlar - COVID-19ni davolash uchun dorilar toifasini paydo qilgan.
"COVID-19 bizga inqirozdan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarni beradi", - dedi Kim Txe-xan.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
13:28 / 27.06.2026
O‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatildi
20:18 / 06.06.2026