Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tixanovskaya BMTdan zudlik bilan Belarusga monitoring missiyasini yuborishni so‘radi
Belarus prezidenti lavozimiga sobiq nomzod va Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning saylovlardagi g‘alabasini tan olmayotgan Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi joriy vaziyatni monitoring qilish uchun BMTdan missiya yuborishni iltimos qildi. Tixanovskaya BMT Xavfsizlik kengashi bilan videoaloqa vaqtida bunday murojaat bilan chiqqan.
BMT Xavfsizlik kengashi 4 sentyabrda Belarusdagi vaziyat bo‘yicha norasmiy onlayn-yig‘ilish o‘tkazgan.
“Belarus xalqi Yevropaning qoq markazida inson huquqlari buzilishini to‘xtatish uchun BMT ko‘magiga muhtoj. Biz BMTni namoyishchilarga qarshi kuch qo‘llanishini qoralashga chaqiramiz. Biz Belarusdagi vaziyatni muhokama qilish uchun BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus sessiyasi chaqirtirilishini taklif qilamiz. Biz BMTni joydagi vaziyatni hujjatlashtirish uchun Belarusga zudlik bilan maxsus komissiyani yuborishga chaqiramiz”, deb aytgan Tixanovskaya. U nutqi davomida Lukashenko tuzumini “ma'nan tanazzulga uchragan” deb atagan.
Belarusda 9 avgustda o‘tgan prezident saylovlaridan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Saylovlarda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan. Biroq AQSh va Yevropa ittifoqi saylovlar natijalarini tan olmayapti. Tixanovskaya 11 avgustdan beri Litvada qolmoqda, Belarusda esa uning tashabbusi bilan muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgan. Kengashdan maqsad Belarusda hokimiyatning tinch yo‘l bilan topshirilishi jarayonini o‘z zimmasiga oluvchi siyosiy organni shakllantirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:15
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:54 / 03.06.2026