Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy orbitaga “sir tutilayotgan” ko‘p marotabalik qurilmani chiqardi
4 sentyabrda Xitoyning Tszyutsyuan kosmodromidan Long March-2F raketasi fazoga uchirildi. U orbitaga ko‘p marotaba qo‘llanuvchi fazoviy qurilmani olib chiqdi.
Foto: Twitter /LILYFRESH
Qurilma haqida biror-bir tafsilot, jumladan uning turi oshkor qilinmagan. Shu ma'lumki, u orbitadagi vazifasini bajargach, Xitoy hududiga qo‘ndiriladi.
N+1 nashrining eslatishicha, 2017 yilda Xitoy 2020 yilda orbitaga Yerga qaytariluvchi kosmoplanni chiqarishini e'lon qilgan. Orbitaga chiqarilgan qurilma aynan shu kosmoplan bo‘lishi ehtimoli mavjud. O‘shanda qurilma orbitaga yuk va odamlarni yetkaza olishi va fazoviy parvozlar sonini oshirishga imkon berishi, buning natijasida parvozlar narxi arzonlashishi ma'lum qilingan. Umuman olganda, Xitoy bir nechta kosmoplan yaratishni rejalashtirgan.
Long March-2F raketasi uchun bu 14-parvoz bo‘ldi. Birinchi marta raketa 1999 yil noyabrida fazoga uchirilgan. Raketaning barcha parvozlari muvaffaqiyatli deb topilgan.
May oyida Xitoy o‘zining bo‘lg‘usi orbital stansiyasiga yuk va fazogirlarni yetkazishga mo‘ljallangan fazoviy kemani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan. Kema o‘z bortiga 6 kishini sig‘dira oladi, og‘irligi esa 14 tonnadan 20 tonnagachani tashkil qilishi mumkin.
Kemaning sinov parvozi 300 kmdan 8 ming kmgacha balandlikdagi orbitada ekipajsiz o‘tkazilgan. Missiya davomida mutaxassislar kemadagi turli tizimlar, jumladan issiqdan himoyalovchi ekranlar, boshqaruv tizimi va havoning sizib chiqishini aniqlash tizimini tekshiruvdan o‘tkazishgan.
Mavzuga oid
09:22
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026