O‘zbekiston | 12:14 / 07.09.2020
7506
2 daqiqa o‘qiladi

Soxta sertifikatlar orqali o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar fosh etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1- va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, unda 3 nafar fuqaro test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilganligidan foydalanish maqsadida, www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan S.A., F.Yu. va X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura taqdim etgan ma'lumotda.

Mavzuga oid