Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX inspektorlariga bo‘ysunmay o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ygan haydovchi 6 sutkaga qamaldi
Samarqand shahar ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan olti sutka ma'muriy tartibda qamoq jazosi tayinlandi.
2020 yil 3 sentabr kuni soat taxminan 23:45larda Samarqand shahar Qo‘shhovuz ko‘chasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.T. Samarqand shahar M.Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab o‘ziga tegishli “Neksiya-2” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB YHXB inspektori tomonidan unga to‘xtash ishorasi berilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan.
Shubhali bo‘lgan ushbu transport vositasiga Samarqand shahar Beruniy va M.Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida xizmat o‘tayotgan YPX inspektori tomonidan ham to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi takroran YPX inspektorlarining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin harakatlanishda davom etgan.

Haydovchining shaxsiga tezkorlik bilan aniqlik kiritilib, ushlandi.
Uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194, 195-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligini inobatga olib, belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Samarqand shahar ma'muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborildi.
Samarqand shahar ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan olti sutka ma'muriy tartibda qamoq jazosi tayinlandi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026