Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada samolyot niqobsiz yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndirildi
Yaponiyada mahalliy Peach Aviation aviakompaniyasining samolyoti tibbiy niqob taqishni rad etgan yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar berdi.
Layner shimoliy Xokkaydo prefekturasidagi Kusiro aeroportidan mamlakat g‘arbidagi Kansay aeroportiga parvoz qilgan. Samolyot bortida 124 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Havo kemasining parvozi vaqtida samolyot ekipaji yo‘lovchilar orasida himoya niqobi bo‘lmagan kishini payqab qolgan.
Kompaniya xodimlari qoidabuzardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘rashgan, ammo u bunga rozi bo‘lmagan. Bundan tashqari, NHK’ning yozishicha, yo‘lovchi yonida o‘tirgan va niqobda bo‘lmagan odamning yonida bo‘lishni istamasliklari haqida ma'lum qilgan kishilarga baqirgan, unga ogohlantirish xati yuborilishi haqida aytgan ekipaj a'zolariga esa tahdid qilgan.
Shundan so‘ng ekipaj sardori muammo tug‘dirgan yo‘lovchini tushirib yuborish uchun samolyotni Yaponiya dengizi sohilidagi Niigata aeroportiga qo‘ndirishga qaror qildi. Mamlakat Transport vazirligining ta'kidlashicha, bu niqob bilan bog‘liq hodisa tufayli birinchi marta rejadan tashqari qo‘nish bo‘ldi.
Majburiy qo‘nish amalga oshirilganidan so‘ng yo‘lovchilar manzilga yetkazib qo‘yildi. Ular Kansayga bir kun keyin kechikib yetib kelishdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
18:57 / 15.06.2026