Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan haydovchi ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 8 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori B.Omonturdiyev soat 11:50larda, Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida joylashgan “Artel” savdo do‘koni yonida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda u ushbu ko‘chada harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Haydovchi D.A.ning ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi me'yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.
Shundan so‘ng, haydovchi viloyat IIB YHXB YPXB maxsus otryad komandirining o‘rinbosari J.Shamsiddinovning xizmat xonasiga borib, avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
J.Shamsiddinov mazkur holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.
Bildirgi asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan joriy yilning 9 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.A. YPX xodimi J.Shamsiddinovga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 9 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026