Jamiyat | 13:21 / 12.09.2020
12563
1 daqiqa o‘qiladi

Kulrang Mercedes-Benz’ni qoraga bo‘yab, pullash rejasi fosh etildi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Adliya vazirligidan 2010 yil 19 noyabrda 2156-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Bojxona chegarasida olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari ijrosi yuzasidan Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro U.B. qo‘shni davlat fuqarosi U.J. tomonidan majburiyatnoma asosida qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kirilgan, qiymati 300 million so‘mlik kulrang Mercedes-Benz E 350 rusumli avtoulovni o‘zboshimchalik bilan rangini qora rangga o‘zgartirib, noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid