Şu kunlarda «Xalq sözi» gazetasining onlayn naşrida ham «Bor holatni yaşirişdan kim manfaatdor — Özbekistonda koronavirusni yuqtirganlarning aniq soni qança?» sarlavhali maqola e'lon qilingan, unda Qaşqadaryo viloyati misolida Soğliqni saqlaş vazirligi va viloyat miqyosida e'lon qilinayotgan faktlar bir-biriga mos kelmayotgani bildirilib, rasmiy statistika şubha ostiga olingan edi.
Vaziyatga oydinlik kiritiş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan bevosita suhbat uyuştirdik.
– Furqat aka, tan oliş kerak, rasmiy statistikaga köpçilik şubha bilan qarayapti. Bu boradagi fikrlarni özingiz, qolaversa rahbariyat bilan kuzatib boryapsizlarmi?
– Albatta, faoliyatimiz davomida aholi orasida, xususan virtual olamda keçayotgan muhokamalarni kuzatiş muhim örin tutadi. Bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusdan davolanayotganlar soni Soğliqni saqlaş vazirligi berib borayotgan rasmiy statistikadan köra köproq ekani haqida aytilmoqda.
Bir narsani boşidanoq aytişni istardim – SSV raqamlarni yaşirişdan umuman manfaatdor emas. Qolaversa, şaxsan davlat rahbarining özi bu borada aniq ma'lumot beriş zarurligini alohida eslatib qöygan. Biz ham davlat rahbarini, ham xalqni aldab nima qildik?
Endi bevosita şubhalar tuğilişi sabablarini yana bir bor eslatib ötsam.
Eng avvalo, şuni bilişimiz kerak, koronavirus bilan boğliq statistikaga faqat maxsus laborator tibbiy tekşiruvlar orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi.
Kasallikning ayrim simptomlari mavjud bölib, kasallik gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, şuningdek, pnevmoniyaga çalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi. Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan va yurtimizning qator hududlarida taşkil etilgan Saralaş va taqsimlaş markazlarida bunday bemorlar ham statsionar şaroitda davolanişlari uçun zarur şaroitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular şunday maskanlarda davolanişmoqda.
– Lekin raqamlar baribir öz sözini aytyapti, aynan öşa markazlardagi bemorlar soni ança yuqoriligi köz yumib bölmaydigan fakt.
– Töppa-töğri. Biz ham bu faktdan köz yumiş istagida ham emasmiz. Yuqorida aytganimday hududlardagi saralaş va taqsimlaş markazlarida davolanayotgan bemorlar soni öşa joydagi koronavirusdan kasallanganlarning rasmiy sonidan ortiq ekani ham muhokamalarga sabab bölmoqda.










