Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi aqlli yopinchiq chiqardi - u isitadi va hasharotlarni yo‘q qiladi
Xiaomi kompaniyasi yangi gadjetini taqdim etdi - Mijia Smart Electric Blanket nomli aqlli elektr yopinchiq. U foydalanuvchini isitibgina qolmay, hasharotlar va bakteriyalarni ham yo‘q qila oladi.
Yopinchiq ichida teng isituvchi maxsus tizim o‘rnatilgan. U misdan yasalgan yengil elementlar orqali ishlaydi va yopinchiqning butun qismida bir xil issiqlik beradi. Shu sababli u ham xavfsiz, ham juda qulay.

Qurilma qizib ketish yoki qisqa tutashuvdan himoyalangan, bolalar uchun xavfsiz rejim ham mavjud. Isitish darajasini pult, XiaoAi ovozli yordamchisi yoki Mijia Home ilovasi orqali boshqarish mumkin.
Mahsulot hozircha Xiaomi Youpin platformasida sotuvga chiqarilgan, uning narxi va xalqaro bozorda chiqish sanasi haqida hali rasmiy ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:14 / 27.06.2026
O‘zbekistonda plastik yo‘llar texnologiyasi joriy etiladi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
11:40 / 12.06.2026