Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi shiyponda neftni qo‘lbola qayta ishlaydigan sex borligi aniqlandi
11 sentabr kuni Qo‘shtepa tumanida xizmat olib borayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlar asosida noodatiy qonunbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Qo‘shtepa tumanidagi bog‘dorchilik fermer ho‘jaliklaridan birining dala shiyponi hududi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u yerda Toshloq tumanida yashovchi fuqaro noqonuniy tarzda va qo‘lbola usulda neft maxsulotlarini qayta ishlayotgani aniqlangan.
Noqonuniy sexdan 4 200 litr benzin ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:20 / 08.07.2026
AQSh Eron bilan neft bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
09:45 / 23.06.2026