90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular 17 sentabr kuni test topshirishi mumkin
Bugun, 14 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov OTMlarga kirish imtihonlari yakunlariga oid statistik ma'lumotlarni ma'lum qildi.
«Kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab, 13 sentyabrgacha davom etdi. Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1 million 304 ming 194 nafar abituriyentdan 1 million 240 ming 614 nafari, ya'ni 95,1 foizi ishtirok etdi.
63 ming 580 nafar, ya'ni 4,9 foiz abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
Jami 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatildi. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida imtihondan chetlatilgan», deya ma'lumot berdi Sardor Rajabov.
Uning qayd etishicha, 367 nafar abituriyent telefon olib kirishga uringani, 48 nafari shpargalka olib kirmoqchi bo‘lgani, 118 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga harakat qilgani, 10 nafari hujjat soxtalashtirgani uchun chetlatilgan.
Test jarayonida esa 491 nafar abituriyent telefondan foydalangani, 68 nafari shpargalkadan foydalangani, 27 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirgani aniqlangan.
Shuningdek, 90 nafar abituriyentning tana harorati yuqori bo‘lgani uchun test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 17 sentabr kuni test tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
-
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?
Sport | 18:11
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?

15:01 / 21.09.2023