Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon AQSh va Kanadada 100 mingta yangi ish o‘rni tashkil etishini e'lon qildi
AQShning Amazon korporatsiyasi AQSh va Kanadada kamida 100 ming nafar yangi xodim yollashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya o‘tgan hafta ham 33 mingta yangi ish o‘rni yaratishini e'lon qilgan.
“Joriy oyning o‘zida saralash markazlari, buyurtmalarni qayta ishlash punktlari, yetkazish punktlari va boshqa obektlar uchun 100 ta maydoncha ochamiz”, deb ma'lum qilgan kompaniyaning global operatsiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Deyv Klark.
Umuman olganda, Amazon 2010 yildan beri AQShda 600 mingdan ko‘proq ish o‘rni tashkil etgan va 40dan ko‘proq shtatga 350 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya kiritgan.
Amazon internet orqali tovar va xizmatlar sotuvchi dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Unga 1994 yil Jyeff Bezos tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda kompaniyaning bozor qiymati 1,52 trln dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
14:44 / 06.12.2025
2027 yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida 200 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
15:01 / 21.11.2025