Hujjat loyihasiga köra, raqamli texnologiyalar sohasidagi xizmatlar hajmining örtaça yillik ösişi kamida 20 foiz darajasida ta’minlanib, ularning umumiy hajmi 150 trln sömga yetkazilişi belgilangan. Şuningdek, sohaga 1 milliard AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etiş va raqamli xizmatlar eksportini 1,5 milliard AQŞ dollariga yetkaziş maqsad qilingan.

Qarorda startap-loyihalarni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaşning yagona ekotizimini 2026 yil 1 yanvardan joriy etiş nazarda tutilgan. Buning doirasida Startupbase.uz platformasi orqali startaplar faoliyatini ğoya bosqiçidan bozorga çiqişgaça kuzatib boriş, maxsus startap-studiyalar taşkil etiş, ideaton va xakatonlar orqali eng yaxşi ğoya va AT-yeçimlarni aniqlaş hamda ularni amaliyotga joriy etişga kömaklaşiş közda tutilgan.

Yoşlarning raqamli texnologiyalar böyiça startap-loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida eng yaxşi ğoya va IT-yeçimlar mualliflariga 10 ming AQŞ dollarigaça grantlar ajratilişi, oliy ta’lim muassasalariga talabalar va ilmiy xodimlar startaplariga har bir loyiha uçun 20 ming AQŞ dollarigaça investitsiya kiritiş huquqi berilişi belgilangan. Universitetlarda inkubatsiya markazlari faoliyatini yölga qöyiş, «startap-menejer» va «startap-treker» lavozimlarini joriy etiş ham közda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Raqamli startaplar dasturi iştirokçilariga 12 oygaça moliyaviy, buxgalteriya va yuridik bepul xizmatlar körsatiş, davlat AT-infratuzilmasi, data-markazlar va bulutli servislardan tekin foydalaniş imkoniyati beriladi. Startap ta’sisçilari va investorlari uçun qator soliq imtiyozlari, şu jumladan, daromad va foyda soliğidan ozod etiş, vençur fondlar qarorlarini «xavfsiz bandargoh» tamoyili asosida himoya qiliş mexanizmi joriy etilmoqda.

Mazkur çora-tadbirlar raqamli texnologiyalar industriyasini yangi bosqiçga olib çiqiş, startaplar uçun qulay muhit va işonçli huquqiy asos yaratiş, eng muhimi, yoşlar uçun yuqori qöşimça qiymat yaratadigan 200 mingta zamonaviy iş örni şakllantirişga xizmat qiladi.