NATOga a’zo mamlakatlarda töğridan töğri mudofaa xarajatlarini YaIMning 3,5 foizigaça oşiriş Germaniyaga, bu yerda köplab harbiy sanoat konsernlari joylaşganini inobatga olganda, 2029 yilga borib mamlakat yalpi içki mahsulotini 0,7 foizga oşiriş, şuningdek, har yili 360 mingta iş örnini yaratiş yoki saqlab qoliş imkonini beradi. Bu haqda DekaBank Germaniya moliya kompaniyasi va AQŞning EY-Parthenon konsalting agentligi tadqiqoti ma’lumotlarida aytilgan. Tadqiqotning asosiy xulosalari 20 noyabr, payşanba kuni EY-Parthenon saytida e’lon qilindi.
Tadqiqot mualliflari ta’kidlaşiça, töğridan töğri mudofaa xarajatlarini YaIMning 3,5 foizigaça oşiriş rejasi doirasida NATO mamlakatlarining 2025 yil körsatkiçlari asosida hisoblaganda, uşbu sohadagi yillik umumiy xarajatlari 770 mlrd yevro atrofida böladi. Şuning taxminan 217 mlrd yevro qismi harbiy qurollanişga töğri keladi.
Germaniya uşbu mablağdan taxminan 32 mlrd yevro, ya’ni qariyb 15 foizini olişi mumkin. Sababi – mamlakat hududida yirik Yevropa mudofaa konsernlari işlab çiqariş quvvatlari joylaşgan: masalan, Germaniyaning Rheinmetall va Heckler & Koch kompaniyalari, şuningdek Niderlandiyaning KNDS konserni. Tadqiqotçilar ma’lumotlariga köra, bunday hajmdagi mablağlarning har yili kelib turişi 144 mingta yangi iş örni yaratilişiga, yana qariyb 220 mingta iş örni esa saqlab qolinişiga olib keladi.
Tahlilçilar baholaşiça, NATOga a’zo Yevropa davlatlari 2035 yilga borib mudofaa sohasiga töğridan töğri investitsiyalar hajmini deyarli 2,2 trln yevrogaça yetkazişi kerak böladi. Faqat şunday miqdor mamlakatlarga qöşinlarni qayta qurollantiriş böyiça qöyilgan maqsadlarga erişiş va AQŞ harbiy tizimlari yetkazib berişining ehtimoliy töxtaşi oqibatlarini qoplaşga yordam beradi. Şuning uçdan bir qismi Yevropa kompaniyalariga, qolgan qismi esa amerikaliklarga töğri keladi.
«Yevropa uçun mudofaa sanoati iqtisodiy barqarorlaştiriş omillaridan biri bölib, u iqtisodiy tebranişlar şaroitida ham Yevropa iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaydi. Mudofaa sanoati va u bilan boğliq tarmoqlar uçun ösiş potensiali ulkan», – deb hisoblaydi DekaBank boşqaruvi raisining örinbosari Matias Danne.
Şu bilan birga, Boxumdagi Avtomobil tadqiqotlari markazi (CAR) mutaxassisi Ferdinand Dudenxyoffer EY-Parthenon va DekaBank tadqiqotiga jalb etilmagan, tahlilçilar tomonidan taxmin qilingan Germaniya iqtisodiyoti ösişi va iş örinlari köpayişi mamlakatda boşqa sanoat tarmoqlarida kutilgan qisqarişlarni qoplaş uçun «aniq yetarli emasligini» ta’kidladi. Gap, jumladan, avtomobilsozlik va metallurgiya haqida bormoqda.











