Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida 400ga yaqin maktab ochilishiga ruxsat berildi
Bugun, 14 sentabr kuni Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 383ta maktabda yangi o‘quv yili boshlanishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, viloyatdagi boshqa maktablar 20 sentyabrga qadar bosqichma-bosqich ochiladi. Faqatgina o‘qituvchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan maktablarning ish faoliyatini boshlashi kechiktirib turiladi.
Viloyatda 764ta maktab mavjud bo‘lib, yangi o‘quv yili arafasida barcha ta'lim dargohlarida har kuni sinf kesimida o‘quvchilarning kirib kelishi, sinf xonalariga joylashishi hamda tanaffuslarni o‘tkazishi bo‘yicha repetitsiyalar olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni Andijon viloyatida 2020-2021 o‘quv yili doirasida 61ta maktab sinov tariqasida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘quvchilar ijtimoiy masofa saqlab, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tahsil olishga kirishishgan.
Mavzuga oid
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
14:02 / 20.01.2026
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan mayning qurilmalari topildi
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025