Light | 16:37 / 14.09.2020
7564
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyo ofislarga qaytmoqda: jamoat transportida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Foto: Reuters

Karantin cheklovlari ancha yumshab, masofadan ishlash ko‘pchilik uchun yoqimli (balki yoqimsiz) xotiraga aylangan bir vaqtda koronavirus hali ham xavf sifatida o‘z dolzarbligi yo‘qotgani yo‘q. The New York Times mutaxassislarning jamoat transportidan foydalanuvchi har bir kishiga asqatuvchi maslahatlarini taqdim etdi.

1. Jamoat transportining qaysi turidan foydalangan afzal?

Eng tezkor variant har doim ham eng yaxshi variant bo‘lavermaydi. Transportning harakatlanish tezligi va bekatning yer osti yoki yer ustida joylashganiga e'tibor qarating. Nyu-York universiteti epidemiologi Robin Gershonning so‘zlariga ko‘ra, vaqtni ko‘proq ochiq havoda o‘tkazish, masofa saqlay olish va boshqa yo‘lovchilar niqob taqish ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘nalishni tanlagan ma'qul.

Agar avtobus yoki yer ustidagi boshqa transportni tanlasangiz, oyna oldidagi joyni egallash va oynani biroz ochib qo‘yish lozim.

2. Hech narsaga teginmang

Uydan chiqib ketishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving, manzilga yetib olgandan keyin ham buni yana bir bor takrorlang. Agar manzilingiz uzoq bo‘lsa, yo‘lda antiseptikdan foydalanish mumkin.

Eskalator, metro vagoni yoki avtobusdagi turniket va tutqichlarni ushlamaslikka harakat qiling. Imkoni bo‘lsa, yo‘l haqi uchun to‘lovning kontaksiz usulidan foydalaning.

3. Yo‘lda tamaddi qilmang

Jamoat transportida ovqatlanish va suv ichish xavfi kundek ravshan.

Bundan tashqari, biror nimani iste'mol qilish yoki suv ichish uchun niqobni yechishga to‘g‘ri keladi. Transportda begona odamlar bilan suhbatlashishni ham cheklash lozim.

4. Vaqtni oldindan rejalashtiring

Tig‘iz paytda metro yoki yer usti transportidan foydalanmaslikka harakat qiling. Agar imkoni bo‘lsa, rahbaringiz bilan ish jadvalini o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq masofadan ishlashga o‘tish masalasi bo‘yicha gaplashing. Agar shaxsiy ishlaringiz bo‘yicha ko‘chaga chiqishingiz kerak bo‘lsa, vaqtni shunday rejalashtiringki, hamma ishga ketayotganida yoki ishdan qaytayotganida metroning gavjum yo‘nalishiga tushib qolmang.

Mavzuga oid