Şahar yölovçi transporti tizimini takomillaştiriş böyiça hukumat qarori qabul qilindi.
Unga köra, joriy yilning 1 sentabriga qadar poytaxt jamoat transporti va şahar atrofi temiryöl qatnovlarida yölkira haqini tölaşning integratsiyalaşgan tizimi, şu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalari joriy etiladi.
Şuningdek, şahar çetidan 5 kmgaça yoki transport boş rejalariga muvofiq şahardan köpi bilan 12 kmgaça çetga çiquvçi yönalişlar ham endilikda şahar avtobus yönalişlari hisoblanadi.
Qarorga asosan, haydovçi bilan birga 60 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan, Yevro-5 va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bölmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027 yil 31 dekabrga qadar import qilişda utilizatsiya yiğimining nol stavkasi qöllaniladi.
Mazkur qarorda yölkirani avtobusga çiqiş paytida tölaş majburiy bölişi ham belgilab qöyildi. Unga köra, 1 sentabrdan boşlab, avtobusga çiqayotgan paytda yöl haqini tölamagan yölovçilar çiptasiz yurgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bölişi mumkin.













