2026 yil 1 sentabrdan boşlab şahar avtobuslarida yölkirani avtobusga çiqiş paytida tölaş majbur böladi.
Transport vazirligining xabar berişiça, bunday tartib 3 iyun kuni imzolangan hukumat qarorida közda tutilgan.
Yangi qoidaga köra, yölovçi yölkira haqini validatorlar bilan jihozlangan avtobusga çiqiş vaqtida, quyidagi usullar orqali tölaşi kerak:
transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qiliş;
bank kartasi, smartfon va boşqa kontaksiz elektron tölov turlaridan foydalaniş (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boşqa texnologiyalar yordamida tölaş);
ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yuriş huquqini tasdiqlaş.
Yölkira yuqorida sanab ötilgan usullar orqali avtobusga çiqiş vaqtida tölanmagan (tasdiqlanmagan) taqdirda, yölovçi avtobusda çiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Mazkur qoida 2026 yil 1 sentabrdan e’tiboran, brutto-şartnoma asosidagi şahar avtobuslarida amal qila boşlaydi.













