Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada uzoq umr ko‘ruvchilar soni rekord ko‘rsatkichga yetdi
Yaponiyada birinchi marta yoshi 100dan oshgan 80 mingdan ko‘proq fuqaro qayd qilindi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakatda uzoq umr ko‘ruvchilar soni 2019 yildagiga nisbatan 9 ming 176 nafarga ko‘payib, jami 80 ming 450 nafarga yetgan. Ulardan 88,2 foizini ayollar tashkil qilar ekan.
Ta'kidlanishicha, yuqoridagi ko‘rsatkich qatorasiga 50 yildan beri o‘sib kelmoqda. Bu boradagi tadqiqotlar 1963 yildan beri olib boriladi. O‘shanda Kunchiqar mamlakatda yoshi 100 dan oshganlar soni bor-yo‘g‘i 153 nafarni tashkil qilgan, 1981 yilga kelib ular ming nafardan, 1998 yilda esa 10 ming nafardan oshgan. Bundan ijobiy ko‘rsatkichga asosan tibbiyotning taraqqiy etgani va yangi texnologiyalar kiritilgani evaziga erishilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar orasida 87,45 yoshni, erkaklar orasida esa 81,41 yoshni tashkil qilgan. Bu ham o‘ziga xos rekord hisoblanadi.
Fevral boshida 112 yoshli yaponiyalik Titetsu Vatanabe dunyoning amaldagi eng keksa kishisi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026