Jahon | 23:38 / 16.09.2020
5032
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda mart oyidan beri koronavirusdan 366 jurnalist vafot etdi

Foto: iStock

Dunyoda koronavirus infeksiyasidan mart oyidan beri 47 ta davlatda kamida 366 jurnalist vafot etdi. Bu haqda Press Emblem Campaign xabar berdi.

“Bundan tashqari, yanvar oyidan beri boshqa turli sabablarga ko‘ra yana 54 jurnalist o‘ldirilgan. 2020 yilda halok bo‘lgan jami jurnalistlar soni 400dan ko‘proqni tashkil qilgan”, deb ma'lum qilgan tashkilotning bosh kotibi Blez Lempen.

Uning ta'kidlashicha, Hindistonda OAV xodimlari o‘rtasida koronavirusdan o‘limlar soni keskin oshayotgani kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, 1 iyuldan sentyabrgacha koronavirusdan vafot etgan jurnalistlar soni ikki barobarga ortgan. 

Jumladan, pandemiya Lotin Amerikasi davlatlarida 205 nafar, Osiyo – 90, Yevropa – 28, Afrika – 22 va Shimoliy Amerikada 21 nafar jurnalistni hayotdan olib ketgan. Davlatlar kesimida eng ko‘p jurnalist Peruda vafot etgan – 82 nafar. Keyingi o‘rinlarni Ekvador (40 jurnalist), Hindiston (36), Bangladesh (31), Meksika (26), AQSh (20), Braziliya (19) va Pokiston (10) egallagan. Boliviya, Britaniya va Nigeriyada esa 8 nafardan jurnalistlar vafot etgan.

Biroq tashkilotda ta'kidlanishicha, jurnalistlar orasida koronavirus qurbonlari soni rasmiy raqamlardan ko‘proqni tashkil qiladi, chunki ba'zi davlatlar ularning o‘limi haqida umuman ma'lumot bermaydi. 

Mavzuga oid