Hujjatga köra, 2024 yil 1 apreldan 2025 yil 30 noyabrgaça bölgan davrda Germaniya Federal jinoyat işlari idorasi (BKA) matbuotga nisbatan 818 ta siyosiy sababga ega jinoyatni qayd etgan, şulardan 89 tasi — zöravonlik bilan boğliq. Örtaça hisobda bu oyiga taxminan 41 ta holat degani, bu esa 2023 yil darajasidan 71 foiz yuqori (2023 yilda 290 ta holat, ya’ni oyiga taxminan 24 ta).
Eng köp jinoyatlarni — taxminan uçdan bir qismini (244 ta) — hokimiyatlar “öng ekstremizm” toifasiga kiritgan, yana 78 ta holat “söl ekstremizm” sifatida tasniflangan. 153 marta jurnalistlarga nisbatan qonun “xorijiy mafkura” sabab buzilgan, 31 marta — “diniy mafkura” sabab. Yana 312 ta huquqbuzarlik “boşqa” toifaga tuşgan, çunki ularni yuqoridagi tört guruhdan birortasiga aniq kiritiş imkonsiz bölgan.
Şu bilan birga, Germaniya poytaxti Berlinda OAV xodimlariga nisbatan 406 ta jinoyat qayd etilgan — bu barça holatlarning deyarli yarmi. Keyingi örinlarda Saksoniya (82 ta), Bavariya (64 ta) va Şimoliy Reyn – Vestfaliya (55 ta) keladi.
Qayd etilişiça, 211 ta qonunbuzarlik namoyişlar vaqtida sodir etilgan. Ular orasida 73 ta zöravonlik jinoyati bor — ya’ni zöravonlik bilan boğliq barça jinoyatlarning 82 foizi.
Internetda jurnalistlarga qarşi sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ham ösmoqda. 2024 yilda BKA bunday 217 ta holatni qayd etgan bölsa, 2025 yilda körsatkiç 333 taga yetgan. Köp hollarda gap nafrat qözğatiş haqida ketgan.
Inson huquqlarini himoya qiluvçi “Çegara bilmas muxbirlar” taşkiloti 2024 yilda Germaniyada OAV xodimlari va tahririyatlarga qarşi 89 ta hujumni hujjatlaştirgan, 2025 yilda esa — 55 ta. Köpinça hujumçilar jurnalistlarni oyoq va muşt bilan urgan, ba’zan esa turli buyumlardan ham foydalangan.

















