Jamiyat | 10:00 / 16.09.2020
8767
3 daqiqa o‘qiladi

Musofirlikda bemor go‘dagini quchib yig‘layotgan ona: “Bir farzandimdan ayrildim, yana biri bilan Hindistonda ovoraman”

 Shunday xayriyalar borki, ularning qahramonlari bilan tanishishdan boshlaboq ko‘z yoshlarini tiyish qiyin bo‘ladi. Navbatdagi bemorimiz – endigina 3 bahorni qarshi olgan Shamsiddin umrining ilk yillarini faqat azobda, muttasil sinovlarda o‘tkazmoqda. Ayni damda u Hindistonda, murakkab operatsiyani kutib yotibdi.

– Allohning sinovlari insonni toblaydi, deyishadi. Men juda qattiq toblandim shekilli, – deydi duv-duv oqayotgan ko‘z yoshlarini artib Sevara Ubaydullayeva.

Birinchi farzandim, Asadbek bolam 1,5 yil azobda yashadi va joni uzildi. U ham qon kasaliga chalingandi. Ona uchun farzandi ko‘z o‘ngida so‘nib ado bo‘lishidan ortiq azob bo‘lmasa kerak. Birinchi bolamdan ayrilganim yetmaganday ikkinchi o‘g‘lim, endilikda yolg‘iz jigarporam Shamsiddin ham o‘tgan 3 yil umrining 2 yilu 8 oyini Gemolitik anemiya, Talassemiya "B" kasalligini bilan kurashib o‘tkazmoqda.

Jizzax shahrining Qaliya mahallasidanmiz. O‘zim yolg‘izman. Dadasi ham bu muammolar tufayli biz bilan yashashni istamadi...

Ayni paytda Hindistondamiz. Bu yerlik shifokorlar bolamni saqlab qolishning yagona chorasi ilik ko‘chirish ekanligini aytishgan. Bu operatsiya bahosini dastlab eshitganimdan tushkunlikdan tomog‘imdan suv ham o‘tmay qolgan. 57 ming dollar! Ammo dunyoda yaxshi insonlar, ezgulik elchilari juda ko‘p ekan. Savobtalab odamlar, uzoq yaqindagi yurtdoshlarimizning ko‘magi bilan shu kungacha 48 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik va Hindistonning "Fortis" klinikasiga kelib joylashdik.

Hozirda tayyorgarlik muolajalarini olayapmiz. Operatsiyaning umumiy summasini to‘lash shart ekan, shundagina ilik ko‘chirish amalga oshirilarkan.

Hozir men hozir uzluksiz yugurib, marra yonida to‘xtab qolgan odamga o‘xshayman. Qolgan 9 ming dollarni topib to‘lamasam, shu paytgacha shuncha harakatlar qilib, yaxshilar ko‘magida yiqqan 48 ming dollar mablag‘ning ham foydasi bo‘lmaydi...

Yaxshilar! Menga emas, farzandimga ko‘mak bering! Jonimni berib uni qutqarib qolish imkoni bo‘lganida zarracha o‘ylanmasdim. Biroq uning hayotini saqlab qolish uchun mening jonim emas, mana shu jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lib turibdi, – deya hikoyasini tugatdi ko‘zlari shashqator bo‘lgan onaizor.

 Shamsiddin Narziqulovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta (Click, Payme): 8600 1104 7956 5834 (Turonbank, onasi Sevara Ubaydullayeva nomida)

Humo: 9860 0101 1810 2564 (xolasi Saida No‘'monjonova nomida)

Viza: 4790 9122 3159 4799 (Milliy bank, onasi Sevara Ubaydullayeva nomida)

Sberbank: 4817 7602 1896 0999 (tanishi Nilufar Abdug‘afforova nomida)

AQShda ZELLE xizmati orqali: +16463220092 (bemorning qarindoshi Bekzod Ahmadov)

Paynet uchun: +998915927871

Telefon: +998916267178 (onasi)

 Aziz yurtdoshlar! Doim kuzatiladigan iqtisodiy muammolardan diqqat bo‘lib uyga qaytganimizda farzandlarimiz qarshimizga yugurib chiqishlari bilan hammasi unut bo‘ladi. Lekin bugungi qahramonimiz hammasini unutib, bolasining joni uchun kurashmoqda. Duolarimizda bolajonni eslab qo‘yaylik.

 Abror Zohidov

Mavzuga oid