Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiyasi inspektori moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Qurbonmurod Taparov moliya vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4822 qaroriga asosan Qurbonmurod Taparov moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qurbonmurod Taparov 1978 yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999 yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012 yilda Ritsumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan.
Q.Taparov o‘z faoliyatini 1999 yilda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.
2003 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinchalik ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2017-2018 yillarda - Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yildan boshlab O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Sobir Uralov Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi.
Mavzuga oid
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022