Bayden Tramp iste'foga chiqishi kerakligini aytdi
Baydenning fikricha, Tramp pandemiyaga qarshi kurashda faqat fond birjasidagi savdolar va ikkinchi muddatga saylanish fikridan kelib chiqib harakat qilmoqda.
Donald Tramp mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun AQSh prezidenti vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi kerak, dedi demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden.
"Hatto kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi direktori niqob taqish rejimi o‘z vaqtida joriy etilganida yanvardan buyon 100 minglab amerikaliklarning hayoti qutqarib qolingan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Hozirgi prezident iste'foga chiqishi kerak", - dedi Bayden.
Uning fikricha, Tramp pandemiyaga qarshi kurashda faqat fond birjasidagi savdolar va ikkinchi muddatga saylanish fikridan kelib chiqib harakat qilmoqda.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp koronavirus infeksiyasi xavfi darajasini avval-boshdanoq pasaytirib ko‘rsatgan.
"Ammo u hammasini bilgan va lekin hech qanday chora ko‘rmagan. Bu deyarli jinoyat", - deb ta'kidladi Jozef Bayden.
Uning qayd etishicha, butun dunyodagilar Donald Trampdan ko‘ra Rossiya va Xitoy rahbarlariga ko‘proq ishonishadi.
"Pyu fondi o‘tkazgan so‘rov natijalarini ko‘rish yetarli", dedi u.
Vashingtondagi Pyu tadqiqot markazi (Pew Research Center) tomonidan 13 mamlakatda 13,2 ming kishi orasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, ishtirokchilarning 23 foizi Vladimir Putinga, 19 foizi Si Tszinpinga ishonch bildirgan. So‘rovda qatnashganlarning 16 foizi Donald Trampga ishonch bildirgan.
Ushbu so‘rovda eng yuqori reytingGermaniya kansleri Angela Merkelda - 76 foiz.. undan keyingi o‘rinlarda Fransiya prezidenti Makron (64 foiz) va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson (48 foiz) joylashgan.
Mavzuga oid
23:55 / 29.12.2023
Bayden Rossiyaning ommaviy raketa zarbalariga javoban Kongressni «shoshilinch chora ko‘rishga» chaqirdi
21:51 / 08.12.2023
Baydenning o‘g‘li 1,4 mln dollar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblandi
00:40 / 07.12.2023
Bayden Kongressni yil oxirigacha Ukrainaga yordamni tasdiqlashga chaqirdi
20:58 / 16.11.2023