O‘zbekiston | 10:56 / 18.09.2020
22629
1 daqiqa o‘qiladi

JIDUga yangi rektor tayinlandi

Toshkent shahridagi ikkita nufuzli oliy ta'lim muassasasida yangi rahbarlar ish boshladi.

Hukumat qarori bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Hamidovich Karimov lavozimidan ozod etildi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib tayinlandi.

Komiljon Karimov

Komiljon Karimov 2015 yildan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori sifatida faoliyat yuritgan. Turli yillarda u BMT, YuNeSKO va YUNISEF tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlagan va ta'lim hamda sog‘liqni saqlash sohasida rivojlanish masalalari bilan shug‘ullangan.

2018 yil avgustidan buyon Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarib kelayotgandi va endi unga yuklatilgan bu vazifa bekor qilindi.

O‘z navbatida hukumatning tegishli qarori bilan Xalqaro Vestminster universitetida Bahrom Ravshanovich Mirqosimov yangi rektor sifatida ish boshlagan.

Bahrom Mirqosimov shu vaqtgacha universitetda prorektor lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid