Qamrov oşgani-ku, yaxşi, lekin undagi kötariliş sifat masalasiga qanday ta’sir qiladi, mehnat bozorimiz-çi, u bugungi qamrov talablari, yetişib kelayotgan kadrlar körsatkiçiga javob beradimi, tayyormi?

Kun.uz muxbiri oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Komiljon Karimovga şu kabi savollar bilan yuzlandi.

— Keyingi yillarda oliy ta’limda qamrovning oşib borayotganiga e’tibor qaratsak. 2015 yilda 9 foizni taşkil qilgan bölsa, hozirda 35-40 foiz örtasida. Ayrim xorijiy davlatlarda bu körsatkiç 80-90 foiz atrofida, bizda ham rejalar bor. Umuman, oliy ta’lim qamrovi qança bölişi kerak Özbekiston şaroitida?

— Barça sohalar kabi oliy ta’limda ham aniq dasturlar asosida islohotlar amalga oşirilyapti. Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi qabul qilingan. Aynan şunda tizim rivojlanişi belgilangan va aniq maqsadlar qöyilgan.

Oliy ta’lim faqatgina mehnat bozoridagi imkoniyat emas. Butun dunyoda oliy ta’lim «ijtimoiy lift» vazifasini bajaradi. Kam ta’minlangan aholining katta qismi aynan oliy ta’lim olmaganlar böladi, ya’ni oliy ta’lim imkoniyat oçadi har tomonlama. Aholimizning yarmini yoşlar taşkil qiladi, şuning uçun ham ta’lim masalasi muhim. Hozirda 209 ta oliy ta’lim muassasalari bölsa, ularda bir milliondan ortiq talabalar öqiyapti. Ilgari bor-yöği 250 ming talaba bölgan.

— Xorijiy OTM filiallari oçilişi, xususiy va yangi davlat oliy ta’lim muassasalari oçilişi evaziga qamrov oşib boryapti. Bundan keyin ham şu tarzda davom etadimi?

— 2017 yilda respublikamizda 77 ta oliy ta’lim muassasalari bölgan va bular içida deyarli nodavlat OTM bölmagan. 209 ta OTMdan 114 tasi davlat oliy ta’lim muassasalari bölsa, 65 tasi nodavlat va qolgan 30 tasi xorijiy OTM filiali. Bunda eng katta ösiş nodavlat oliy ta’lim muassasalariga töğri keladi. Bundan maqsad – raqobatni rivojlantiriş. Xususiy sektorlarning jalb qilinişi yangiça yondaşuvlarning ham kirib kelişiga sabab bölyapti.

Prezidentimiz tomonidan har bir viloyatda kamida bittadan nodavlat OTM taşkil etiş vazifasi qöyilgan va jarayon jadal davom etmoqda. Joriy yilda ham yangi muassasalar oçiladi.

— Qamrov oşib borayotgan bir paytda bitiruvçilarning mehnat bozorida örnini topiş masalasi ham dolzarbligiça qoladi. Bu borada nima qiliş kerak? OTM faqatgina bilim beriş bilan çeklanib qolmasligi kerakdek...