Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari lavozimini tark etdi.

Kun.uz manbasiga köra, u Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori lavozimiga qaytgan.
Komiljon Karimov köp yillar davomida Özbekiston TIV tizimida faoliyat yuritgan, 2015–2020 yillarda Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori sifatida faoliyat körsatgan, 2020–2021 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida işlagan, 2021 yil iyunida oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari (2023 yil yanvaridan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari) etib tayinlangandi.
U yangi lavozimda Bahrom Mirqosimovni almaştirdi, Mirqosimov 2020 yil sentabridan buyon Xalqaro Vestminster universitetiga rektorlik qilayotgandi.
Şuningdek, Şahlo Turdiqulova ham oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining örinbosari lavozimidan ketgan.

U Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimida iş boşlaydi.
Şahlo Turdikulova Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan birinçi ayol böldi.
Şahloxon Turdiqulova 2018–2020 yillarda Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi direktori bölgan, 2020 yil oktyabridan 2021 yil apreliga qadar Innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari, 2021 yil aprelidan 2023 yil yanvariga qadar vazir örinbosari bölgan, 2023 yil yanvaridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari lavozimida işlab
















