Jamiyat | 18:37 / 18.09.2020
5252
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat stomatologiya institutida O‘zbekiston-Germaniya implantologlar forumi o‘tkazildi

Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 sentabr kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida Germaniya va rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda stomatologik sohaga kirib kelayotgan yangi operatsiya usullari, texnologiyalari haqida «Implantatsiyaning metodikalari. Tishsiz jag‘larning to‘liq reabilitatsiyasi, estetik va funksional tiklanish» ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi. 

 Ushbu tadbirda Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov, xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Bekzod Yarmuhamedov, institut fan doktorlari Avzal Akbarov, Sevara Rizayeva, shuningdek, «DENTAL GURU» kompaniyasi direktori, Yevropa osteointegratsiya assosatsiyasi tomonidan sertifikatlangan implantolog Kamil Habiyev o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdi.

E'tirof etmoq kerak, so‘nggi yillarda yurtimizda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilab berildi. Xususan, har bir oliy ta'lim muassasasi kabi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish belgilangan.

Ma'lumot o‘rnida aytish lozim, ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tuzilgan reytingda Toshkent davlat stomatologiya instituti yurtimiz oliy o‘quv yurtlari orasida 8-o‘rinni egallab turibdi. Tibbiy oliy ta'lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni egallagan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati
 

Mavzuga oid