Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2018 yilning sentabr oyida Buxoro shahrida 36 yoshli U.R. 22 yoshli R.A. bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, o‘zining uyali aloqa vositasida mavjud bo‘lgan R.A.ga tegishli shaxsiy fotosuratlarni uning oila a'zolariga ko‘rsatmaslik va internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga R.A.dan 1000 AQSh dollari pullarni talab qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u R.A. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, 2020 yilning 4 sentabr kuni soat 11:15da Buxoro shahri B.Naqshband ko‘chasida R.A.dan tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026