Premium Pro işi: va’dalar, sirlar va xonavayron bölayotgan odamlar (2-qism)
|23:35 / 04.07.202619 52315 min
Ikromjon Tojiddinov asos solgan moliyaviy sxema köplab odamlar hayotini özgartirdi. Ammo yaxşi tomonga emas. Kompaniya vakillari tarmoqli marketing usulida atir sotişini aytib keladi. Bonuslar oliş orqali tezda boyib ketiş va’dasi bilan sodda odamlar qöltiği puç yonğoqqa töldirilyapti. Kompaniya liderlari odamlarni aldaş uçun hatto prezident nomidan foydalangani ma’lum böldi.
“Iğvo va tuhmat”
Kun.uz “uyning podşohi kimligi” hamda “bir dollar tikmasdan biznes yuritiş” haqidagi gaplari bilan tanilgan Ikromjon Tojiddinovning Premium Pro kompaniyasi haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Ikromjon Tojiddinov Kun.uz keltirgan dalillarni iğvo va tuhmat deb atadi.
Ammo Kun.uz suriştiruvi e’lon qilingaç, Tojiddinov unda murojaati keltirilgan ikki kişiga yetkazilgan zararni qoplab berdi.
“Hammasi moşennik”
Kun.uz suriştiruvidan söng Ikromjon Tojiddinovning kompaniyasiga bir-ikki kişi emas, köplab odamlar aldanayotgani ma’lum böldi. Tahririyatga Premium Pro böyiça önlab murojaatlar keldi. Kun.uz ularning ayrimlariga mikrofon tutdi.
“2023 yil avgust oyida Premium Pro kompaniyasiga bir tanişim orqali hamkor bölib kirdim. 8 oy iş faoliyatimni boşlamadim. Özimning işim, kasbim yaxşi edi. Hamşira edim, uyda novvoyxonam ham bor edi.
Unga qiziqmadim, keyin bular öz holimga qöymadi: Marziya, Fotima va Dilafröz har kuni işxonamga boraverdi. Xöp dedim, bir-ikki orqamdan odam olib qöyaverganimdan söng binar pullar tuşavergaç, qiziqtirib qöyişdi.
Menga işonganlar köp edi, ortimdan juda köp kişi kirdi. Birdan Dubay sayohati oldim. Ammo bu sayohatning pulini ham ololmadim. Marziya Abdilova “siz lidersiz, komandangizga körsatişingiz kerak”, deya özining nomiga kredit olib, meni Misrga olib ketdi. Şunçalik gipnoz qilib taşladi. Men oyma-oy uning nomidagi kreditni tölaganman.
Keyin “opa, komandangiz katta, fokusingizni bir joyga qarating, siz işingizdan böşang”, deya işdan ham böşatişdi. Men unga qul bölib işlasam, u natijaga çiqib ketaverarkan...
Mavzuga oid
Gala “moşennik”, bizni ham “moşenniklar” safiga tiqdi. Aksioner bölsangiz 20 ming “kökida” olib ötirasiz, deya uyimni garovga qöydirib, kredit oldirtirişdi.
Bizlar pul tikkandan söng ular natijaga çiqişsa, topgan pullarini bizning ortimizdan tikişlari kerak edi. Kelişuv şunaqa bölgandi. Komandam bilan 600 million söm sarflaganmiz. Öşa pulga beşikdagi çaqaloqlargaça qöydik biz (Premium Pröda röyxatdan ötib oçilgan joy nazarda tutilmoqda - tahririyat). Buni Ikromjon bildi. Mana, yolğonçiligi şundan ham ma’lum”, deydi murojaatçi Saida Jumanova.
Qaşqadaryolik yana bir ayol esa kreditga pul olib, Ikromjon Tojiddinovning atir biznesiga tikkanini, ammo bir söm foyda körmaganini aytmoqda.
“Hamşiraman. Qöşimça daromad qiliş uçun bozorga savdoga çiqqan vaqtimda Durdona Baratova ismli ayol oldimga kelib, Premium Pröni taklif qilaverdi. Söng qiziqib, 2025 yil aprel oyida hamkorlikka kirdim.
Avvaliga Marziya ustoz paketlarga qiziqtirdi. Birdan 600 dollarlikka kirdim. Qizim 300 dollarlikka kirdi. Hammasi bölib 10 mln sömga a’zo böldim. 600 dollarni Marziya ustoz sanab oldi.
Bu orada qiziqmay, bozorga savdoga çiqib ketdim. Sentyabr oyida Durdona Baratova yana kelib, “bozoringizni yiğiştiring, işlaylik”, dedi. Men baribir odam topolmayman, dedim. Keyin ular “şunça bersangiz, mart oyigaça maşinalar olamiz”, deb pul taklif qilişdi.
Men qiziqib 30 mln söm pul berdim. Öğlim, turmuş örtoğim, opa-singillarim va jiyanlarimni ketma-ket tiqişdi. Keyin ketidan begonalar bölib ketaverdi. Qölimda 10-12 kişi böldi. Öşa 30 mln sömni kreditga olib bergandim. Oyiga 1,5 mln sömdan tölab keldim. Hozirgaça 15 mln söm böldi, tölab yuribman. Premium Pröga kirganimdan beri biror marta daromad olganim yöq”, deydi u.
Juma boboning puli qayerda?
Kompaniya liderlari hatto nuroniylarni ham qisqa fursatda mömay daromad va’dasi bilan çuv tuşirmoqda. Masalan, ular Koson tumanida yaşovçi 72 yoşli Juma bobo Rajabovni hamkor sifatida taklif qilib, pulini olişgan.
Juma bobo şunday deydi:
“Atir uçun emas, biznes böyiça kirganman. Oilamdagilarni ham qöyganman. Lekin heç qanday natija yöq, töxtab qoldi. Endi nima qilişni ham bilmay turibman. Qiynalganman.
Qöşilganimga bir yildan oşdi. Tikkan pullarim hammasi 60-70 mln söm bölib qoldi. Birinçi özim kirdim pensiyadan. Keyin öğlimni kirgizdim, qizimni kirgizdim. Mol sotib, pul topib qöşdim. Bir marta 400 ming söm, bir marta 800 ming söm pul oldim. Qolganlari öziga özi, odam kirganda qöşilib ketgan. Hozir ham bir kişidan 4 mln söm qarzim bor, böynimda turibdi, nima qilişimni bilmay turibman”.
Kun.uz’da mavjud bölgan videolarda körinişiça, pulni Premium Pro lideri Saida Jumanova sanab olgan. Ammo u olgan pullarini Marziya Abdilovaga berganini aytmoqda.
“Pulni Marziya Abdilovaga berganman. Pulni hammamiz naqd sumkalab, şunga olib kelib berganmiz, u bonus olib bergan. Agar unga bermasak, heç kim bizga bonus bermaydi”, deydi Saida Jumanova.
Marziya Abdilova esa Juma bobo Rajabovning pulini olganini rad etib, Saida Jumanova bu pullarni kompaniyaga bermaganini ta’kidlayapti:
“Juma boboning pulini men qölimga uşlamaganman, hatto u kişiga taklif ham bermaganman. U kişi hamkor bölib işlayotgandi, lekin pullarini bizga keltirib bergan joyi yöq. Juma bobo pul bergan, lekin menga emas, Saida Jumanovaga olib kelib bergan”.
Holatni kördingiz: kompaniyaning ikki lideri aybni bir-biriga tönkamoqda, ammo pulning olingani fakt. Ikki örtada esa otaxon şunça pulga çuv tuşib ötiribdi. Aslida, mömay daromad va’dasi bilan Premium Pro kompaniyasiga çuv tuşib qolgan faqatgina Juma bobo Rajabov emas, bundaylar yana bor.
Öyin içidagi öyin
Saida Jumanovaning aytişiça, kompaniya 345 dollarga sotgan atirlarini özi qaytarib 250 ming sömdan sotib olgan.
“Mahsulot oldik, ammo qölimizga tegmadi. Unça mahsulotni nima ham qilamiz?! Unga olib borsangiz ham hidi yöq deydi, bunga olib borsangiz ham. 345 dollarlik mahsulotni 250 ming sömdan qaytarib oldi. Demak, Fransiyadan atir kelmas ekan, bizning atirlarni aylantirib yotibdi bular. Bizlarga kerak bölmagan atir ularga kerak bölgaç nima qiladi, yangi hamkorlarga tarqatadi-da. Özimizning atir aylanib yotibdi. Çunki biz atir olmadik, faqat imzo qöyib berganmiz, omborning özida qolgan”, deya ta’kidlaydi u.
Liderning gapini oddiyroq qilib tuşuntirib beramiz. Premium Pro kompaniyasi atir mahsulotini tarmoqli marketing orqali sotişini, bu işlari moliyaviy piramida emasligini da’vo qiladi. Yangi hamkor bu tarmoqli marketingga qöşiliş uçun narxi turliça bölgan atir töplamlaridan birini xarid qilişi kerak böladi.
Tarğibotçilarning oson daromad va kutilmagan farovon hayot haqidagi çöpçaklariga işongan odamlar millionlab pulini şunga tikadi. Ularning maqsadi atir xaridi emas, mömay daromad oliş böladi. Şu tariqa, Dubaydan arzon pulga kelgan atir qimmat narxda ötkaziladi.
Aytaylik, 50 mln söm tikkan odam şunça pulga sotib olgan atirni nima qiladi? Qaytarib sotadi. Kimga deysizmi? Aynan Premium Pro kompaniyasining öziga.
Kompaniya 345 dollarga sotgan atirini 250 ming sömga qaytarib sotib olgan va boşqalarga yana qimmat narxda sotgan. Bu iş kompaniyaning Qaşqadaryo viloyatidagi mahsulot tarqatuvçisi Umrbek Qiliçev tomonidan amalga oşirilgan.
Sotilgan atirlar qaytarib 250 ming sömdan sotib olinganini Marziya Abdilova ham, kompaniyaning Qaşqadaryo viloyati böyiça mahsulot tarqatuvçisi Umrbek Qiliçev ham tasdiqladi.
“Köçaga arzon sotsa, bizga minus böladi-da. Kimgadir pul zarur bölib qolsa, olib kelgan mahsulotini ofisga taşlab ketgan. Pul olib ketganda örniga mahsulot taşlab ketgan joyi bor”, deydi Marziya Abdilova.
Umrbek Qiliçevning özi ham mahsulotni qaytarib sotib olganini rad etmadi. Faqat atirni özi sepişi uçun sotib olganini ma’lum qildi.
“Hozir mening böynimga 250 ming sömdan oldi degan joyi bölyapti. U mening ehtiyojimdan kelib çiqqan holatda. Men işlatişim kerak bölgan, yoqqan narsani çöntagim kötargan narxda aytaman”, deydi Umrbek Qiliçev.
Bu moliyaviy piramida emasmi?
Özbekistonda tarmoqli marketingga ruxsat berilganmi? Köpçilik bu savolga, “ha, ana şunçasi işlab yotibdi-ku”, deya javob beradi.
Töğri, Özbekistonda tarmoqli marketing faoliyati mumkin, biroq ayrim talablar bor. Tarmoqli marketing va moliyaviy piramida örtasidagi öta nozik çegarani körsatuvçi bu talablar hukumat qarori bilan tasdiqlangan çakana savdo qoidalarida belgilab qöyilgan.
Masalan, a’zolik badali sifatida tölov undirişga yöl qöyilmaydi. Biroq Premium Pröda 250 dollarlik atir yangi hamkorga 300 dollarga ötkazilgan. Bunda 50 dollar mablağ xarajatlarga deya olingan.
Hukumat qarorida yana bir muhim talab keltirilgan: tarmoqli marketingni amalga oşirişda sotuvçi agent tomonidan boşqa sotuvçi agentlarni jalb etiş töğrisida talab belgilanişiga yöl qöyilmaydi.
Ya’ni sotuvçi agent mahsulotni kimgadir sotdi. U şundan bonus oladi. Zanjir şu yerda tugaydi. Sotuvni va undan olinadigan bonusni piramida körinişiga keltiriş mumkin emas. Premium Pro lideri yangi qöşilayotgan odamga “ketingdan şunça odam qöşsang, bunça daromad olasan”, deyişi belgilangan talablarga zid böladi.
“Diamond Lider degani katta komanda egasi va 3-avtobonus sohibasi degani. Bizda 9 ta lavozim bor, şuning 8-çisiga çiqqanman. Men öşa lavozimga çiqqanimda ikki tomonimda kamida 10 ming nafardan hamkor bor degani”, deydi lider Dilobar Qiyomova.
Bundan körinadiki, Premium Pro sxemasida moliyaviy piramida unsurlari bor: daromad quyida odam töplanişiga boğlangan.
Prezidentdan “iqtibos”
Premium Pro kompaniyasi odamlarni aldaşda hatto davlat rahbari suratidan foydalangan. Ular kompaniya ofisiga prezident surati aks etgan banner ilib, unga göyoki iqtibos ma’nosini berib, “tarmoqli biznes halol biznes ekani” haqidagi gaplarni yozib qöyişgan. Bu orqali ofisga keluvçilarga göyoki şu gaplarni davlat rahbari aytgandek körsatişga harakat qilişgan.
Marziya Abdilova keyinroq buning xato ekanini payqab qolib, bannerni olib qöyişganini aytdi.
Aslida, 2012 yildayoq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan çakana savdo qoidalariga tarmoqli marketingga oid qöşimçalar kiritilgan.
Uşbu hujjatda Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Soliq va Bojxona qömitalari, departament, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasiga respublika hududiga tovarlarni noqonuniy yetkazib beriş, tarmoqli marketing şaklida sotilişini aniqlaş va bunga yöl qöymaslik işlarini kuçaytiriş, maqsadi moliyaviy piramidalar yaratiş, past sifatli tovarlarni sotiş orqali aholi hisobidan boyiş hisoblangan tarmoqli marketing şaklidagi faoliyatni noqonuniy amalga oşiriş bilan boğliq salbiy oqibatlar töğrisida aholi orasida tarğibot olib boriş topşirilgan.
“Pullarni Ikromjon olib qolardi”
Premium Pro kompaniyasi hamkorlarga 4 ta darajada bonuslarini taklif etgan. Bular referal, binar, mater va lyuks bonuslar.
Lyuks bonusdan sayohatlar, avtobonus, 5 foiz aksionerlik örin olgan. Kompaniyaning 5 foizlik aksioneriga aylaniş uçun hamkorning çap va öng qölida töplangan jamoasi 1 mln dollarlik atir sotişi kerak böladi.
Premium Pröda 6 kişi şunday natijani qayd etgani aytiladi. Kun.uz şulardan biri bilan suhbatlaşdi. Uning ta’kidlaşiça, kimlargadir atir umuman qiziq emas, daromad oliş uçun katta miqdorda pul berişadi. Bu pullar esa kompaniya asosçilari Ikromjon Tojiddinov hamda Şohrux Ubaydullayevga beriladi.
Kun.uz Ikromjon Tojiddinovdan şu haqda söradi. U pullarni özi emas, Şohrux Ubaydullayev olib qolganini aytdi.
Oddiy arifmetika
“Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati 2022 yil 5 sentabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Uning yagona ta’sisçisi va rahbari Şohrux Ubaydullayev.
Kun.uz’da uşbu kompaniya 2024 va 2025 yillarda Özbekistonga qança miqdorda va neça sömlik atir import qilgani haqida ma’lumot bor.
Birgina Qaşqadaryo viloyatidagi lider Dilobar Qiyomova öz guruhida 20 ming nafar odam borligini aytmoqda. Ya’ni u 20 ming odami bor piramidaning çöqqisida turibdi. Bu şunça odam heç yöqsa bir donadan atir sotib olgan bölişi kerakligini anglatadi.
Boşqa viloyatlarda ham Dilobar Qiyomova kabi liderlar borligi hisobga olinsa, Ikromjon Tojiddinov yaratgan moliyaviy sxema içida qança odam borligini çamalab köriş qiyin emas. Biroq “Premium Pro world” MÇJ import qilgan atir miqdori uşbu raqamlarning yarmiga ham yetmaydi.
Yana bir misol: Premium Pröda 6 kişi aksioner darajasiga çiqqani aytiladi. Ularga har oy kompaniya daromadining 5 foizi taqsimlab beriladi. Kun.uz suhbatlaşgan aksionerlardan biri oyiga 10 ming dollar atrofida daromad olişini ma’lum qildi.
Bundan kelib çiqsa, 6 nafar aksionerga örtaça 60 ming dollar daromad beriladi. Va bu kompaniya oylik daromadining 5 foizini taşkil etadi. Premium Pröda quyidagi oddiy odamlarning qança puli töplanişini özingiz hisoblab köravering.
Xulosani özingizga qoldiramiz. Biz esa vatandoşlarimizga şubhali platformalarga pul tikmaslikni, onlayn iş niqobi ostidagi yolğonlarga işonmaslikni tavsiya qilamiz.