O‘zbekiston | 07:49 / 19.09.2020
3627
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada fuqaroni 10 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2019 yilning oktabr oyida fuqaro A.Z. va I.U. fuqaro R.L.ning  ishonchiga kirib, 10 000 000 so‘m evaziga tanishlari orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun borishida yordam berishni aytishgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular bergan va'dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid