Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterrish: pandemiya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi 25 yillik yutuqlarni nolga tenglashtirdi
Pandemiyadan keyin tiklanishga ajratilgan mablag‘larni keng miqyosda safarbar qilishda sa'y-harakatlarni kuchaytirish va tegishli jihatlardan foydalanish zarur, deya ta'kidlab o‘tdi BMT bosh kotibi.
Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiquvchi kasallik pandemiyasi xalqaro hamjamiyatni BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining ayrimlarini amalga oshirishda 25 yil orqaga surib qo‘ydi. Bu haqda butunjahon tashkilotining bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni Britaniyaning Sky News telekanali efirida ma'lum qildi.
«Haqiqat shundaki, dunyoda qashshoqlik, ocharchilik bilan kurash va boshqa ko‘plab sohalarda erishilgan barcha yutuqlar endi katta savol ostida qoldi. Ayrim sohalarda biz 25 yil orqaga chekindik, - dedi u. - Sa'y-harakatlarimizni kuchaytirishimiz va pandemiyadan keyin tiklanishga ajratilgan resurslarni keng ko‘lamli jalb qilishning samarali jihatlaridan foydalanishimiz darkor. Ushbu resurslarni Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda ishlatishimiz kerak, shunda biz quradigan kelajak yanada inklyuziv, tenglikka asoslangan, adolatli va ekologik bo‘ladi».
Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, rivojlangan mamlakatlar inqirozdan chiqish uchun yetarli resurslarni sarflash imkoniyatiga ega, ammo qashshoq va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi yordamga muhtoj. Xususan, u kam va o‘rta daromadli mamlakatlarning tashqi qarzlarini hisobdan chiqarish yoki qayta tuzish zarurligiga e'tibor qaratdi.
2015 yilda BMTga a'zo davlatlar Barqaror rivojlanish bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan kun tartibini qabul qildi. U, jumladan, qashshoqlikka barham berish, sayyora boyliklarini saqlab qolish va barchaning farovonligini ta'minlashni ko‘zda tutadi. 17 maqsadning har biri 15 yil ichida erishiladigan ko‘rsatkichlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026