Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyani Liviyaga yuzlab yollanma askarlarni jo‘natishda aybladi
Ma'lumot berilishicha, rossiyalik harbiylar har bir yollanma askar uchun oyiga 1,5-2 ming dollardan to‘lamoqda.
Rossiya Liviya sharqiga rossiyalik mutaxassislar tomonidan tayyorgarlikdan o‘tgan suriyalik yollanma askarlarni tashladi. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda.
Agentlikning mahalliy manbalarga tayanib xabar berishicha, Liviyaga 400ga yaqin suriyalik jo‘natilgan. Ular 18 sentabr kuni rossiyaliklar rahbarligi ostida tayyorgarlik ko‘rgan Qamishli shahri yaqinidan Rossiyaning Xmeymim aviabazasi joylashgan Latakiya viloyatiga, u yerdan esa Liviyaga tashlangan.
Ma'lumot berilishicha, rossiyalik harbiylar har bir yollanma askar uchun oyiga 1,5-2 ming dollardan to‘lamoqda.
Liviyada milliy kelishuv hukumati va feldmarshal Xalifa Haftar qo‘mondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda. Milliy kelishuv hukumatini Turkiya, Haftarni esa Misr va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026