Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumani kompleks rivojlantiriladi
Yashnobod tumanida ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan bino va inshootlardan samarali foydalanish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi:
2020-2022 yillarda Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
Yashnobod tumanida sanoat, xizmatlar, servis va savdo sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati;
Yashnobod tumanida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;
Yashnobod tumanida ijtimoiy soha obektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini keskin oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Yashnobod tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi binolarini ta'mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uy-joylar majmuasini barpo etish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Quyidagilar Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
Yashnobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suv, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganligi darajasini oshirish;
aholi yashash joylarining me'moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;
ko‘p qavatli uy-joylar qurish va atroflarini obodonlashtirish choralarini ko‘rish.
Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta'minlaydilar.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yashnobod tumanidagi davlat obektlari, shuningdek, boshqa bo‘sh turgan bino va inshootlar hamda yer maydonlari holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.
Xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan davlatga va davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, shu jumladan, sotish, ijaraga va davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha balansda saqlovchilar bilan birgalikda tegishli choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026