Amerikalik astronavtlar Enn Makkleyn va Nikol Ayyers 1 may kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan oçiq kosmosga çiqib, taşqi montaj işlarini amalga oşirdi.

Ayol astronavtlar XKSning Quest şlyuz kamerasidan kosmik vakuumga çiqqan va ular qariyb olti yarim soat davomida oçiq kosmosda bölgan.

Qayd etilişiça, bu 1998 yil oxirlarida foydalanişga topşirilgan XKS bortidan ekipajning hisob böyiça 275 marta oçiq kosmosga çiqiş hisoblanadi. 

Astronavtlar kosmik stansiyaning aloqa antennasini boşqa joyga köçirişi va şu yil oxirida SpaceX’ning Cargo Dragon yuk kemasi orqali stansiyaga yetkaziladigan qöşimça kuçli IROSA quyoş batareyalari uçun montaj kronşteynlarini örnatişi kerak.

IROSA’ning eng birinçi quyoş panellari 2021 yil iyun oyida oçiq kosmosga çiqqan uç nafar astronavt tomonidan örnatilgan edi. Ikkinçi va uçinçi juftliklar esa 2022-2023 yillar davomida örnatilgan.

Sakkizta quyoş paneli stansiya funksionalligini ta’minlaşda kerak böladigan elektr energiyasini 30 foizga köproq generatsiya qiliş imkonini beradi. Ular eski panellar yoniga örnatiladi. Natijada, stansiya energotizimi quvvati 160 dan 215 kilovattagaça oşadi.

NASA’ga köra, XKSdagi eski sakkizta quyoş paneli ham hozirça yaxşi işlamoqda, ammo ularning xizmat körsatiş muddati 15 yilga möljallangan. Bu turdagi panellarning birinçisi stansiyaga 20 yildan oşiqroq vaqt oldin örnatilgan edi.