Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari yagona reyestriga o‘zgartirishlar kiritildi
Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari tizimini takomillashtirish maqsadida Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «Davlat xizmatlari yagona reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarorni qabul qildi.
Qabul qilingan hujjat Reyestrning qariyb barcha boblarini qamrab olgan bo‘lib, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini ancha kengaytirgan. Bunda litsenziyalash bekor qilingani munosabati bilan ularning ayrimlari Reyestrdan chiqarib tashlangan. Yangi xizmatlar kiritilgan, ayrimlarini ko‘rsatish tartibi maqbullashtirilgan, mas'ul organ o‘zgartirilgan.
Norma’ning yozishicha, 2003 yildan boshlab tadbirkorlik sub'yektlarini «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi inspeksiyalar tomonidan amalga oshirilgan.
2017 yil 1 fevraldan boshlab Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tarkibidan Adliya vazirligi yurituviga berilishi sohani rivojlantirishda, boshqaruv vertikalini shakllantirishda va ularning samarali faoliyat yuritishida navbatdagi qadam bo‘ldi. Yagona markazlar tomonidan taqdim etiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.
2017 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi, bu mamlakatga «Doing Business 2018» jahon reytingidagi «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini 24-o‘rindan 11-o‘ringa ko‘tarish imkonini berdi.
Hujjat 31.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

22:45 / 11.06.2025
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

19:22 / 20.05.2025
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi

18:33 / 12.05.2025
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi

12:24 / 24.03.2025