Adliya vazirligi mazkur nizomni 13.02.2026 yilda 3774-son bilan davlat röyxatidan ötkazdi. Unga köra, xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya taşkilotini reyestrga kiritiş Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligida taşkil etiladigan Akkreditatsiya taşkilotlari reyestrini yuritiş komissiyasining qarori asosida bepul amalga oşiriladi.

Nizomda reyestrga kiritişning asosiy şartlari ham belgilangan. Xususan, akkreditatsiya taşkiloti top-300 talik röyxatga kirgan kamida 5 ta oliy ta’lim taşkilotining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkazgan bölişi talab etiladi. Şuningdek, xalqaro va xorijiy akkreditatsiya taşkilotlari uçun ekspertlarning kamida 30 foizi xorijiy ekspertlardan iborat bölişi şart.

Bundan taşqari, taşkilot akkreditatsiya taşkiloti sifatida faoliyat yuritiş uçun vakolatga ega bölişi, öz veb-saytida xalqaro akkreditatsiyadan ötkazgan ta’lim taşkilotlari töğrisida ma’lumotlarni joylaştirişi va boşqa talablarga rioya qilişi lozim.

Nizomga köra, Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi reyestrga kiritilgan akkreditatsiya taşkilotlarining faoliyatini har 3 yilda bir marotaba monitoringdan ötkazişi mumkin.