Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ID-karta blankasida fuqaro millati haqidagi yozuv bo‘lmaydi
Amaldagi biometrik pasportdan farqli ravishda 2021 yil 1 sentyabrdan joriy etiladigan ID-kartalarning yuza qismida fuqaroning millati ko‘rsatilmaydi. Ushbu ma'lumot ID-karta chipida saqlanadi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.
Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» markazi bo‘lim boshlig‘i Nig‘matilla Sharofiddinov ID-karta ustki qismida fuqaroning «millati» yozuvi aks etmasligi va buning sababi xususida to‘xtaldi.
«2021 yildan joriy etiladigan ID-karta xalqaro talablarga moslab ishlab chiqildi. Uning yuza qismida (ID-karta blankasi) shaxsning millati yozuvi aks ettirilmaydi. Chunki bu xalqaro talabga ko‘ra, millatchilikka qarshi qo‘llangan yondashuv hisoblanadi.
Ma'lumki, fuqarolar davlat tashkilotlariga murojaat qilganda, ulardan identifikatsiya talab etiladi. Pandemiya davrida identifikatsiya bilan mavjud muammolar yaqqol namoyon bo‘lib qoldi. Endilikda joriy etiladigan ID-karta bilan davlat tashkilotlariga murojaat qilinganda, to‘g‘ridan to‘g‘ri identifikatsiyalash tizimi joriy etilishi bo‘yicha topshiriq berilgan. ID-kartada fuqarolarning shaxsiy elektron imzo kalitlari sertifikatlari ham elektron tarzda kiritiladi. Bu esa davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi.
Shuningdek, my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ID-kartalarni olish bo‘yicha murojaat yuborish, to‘lovlarni onlayn amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi», deya axborot berdi Sharofiddinov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Mavzuga oid
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi
18:13 / 27.02.2025
O‘zbekistonda chiroyli raqamli ID-karta, pasport va haydovchilik guvohnomalari oshirilgan narxda beriladi
15:30 / 20.02.2025