O‘zbekiston | 11:42 / 23.09.2020
9635
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar hokimliklarining 32 nafar mas'ul xodimi hayfsan oldi

Hayfsan olgan 32 nafar mas'ul xodim orasida 2 nafar tuman hokimlari ham bor.

Qashqadaryo viloyatidagi tuman va shahar hokimliklarning 32 nafar mas'ul xodimlariga hayfsan berildi

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 8 oyi davomida hokimlik tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko‘rib chiqishda rahbar va mas'ul xodimlar tomonidan kamchilik va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hayfsan olgan 32 nafar mas'ul xodim orasida 2 nafar tuman hokimlari ham bor.

Tahlillarga ko‘ra, yanvar oyidan buyon hokimlikka O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 145ta, Virtual qabulxona orqali 731ta, sayyor qabul va uchrashuvlarda esa 6 798 (2019 yilda 5 776)ta murojaatlar kelib tushgan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid