Bu davlatlarning javobgarligini ta'minlashga yordam beradi – Bobur Bekmurodov parlament rolini oshirish to‘g‘risida maxsus rezolyutsiya tashabbusi haqida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida bergan takliflaridan biri bo‘yicha munosabat bildirdi.

Hukumatning muhim qarorlarini qabul qilishda parlamentning roli va faolligini kuchaytirish, qonunlar va dasturiy hujjatlar ijrosi ustidan ayniqsa, joylarda parlament nazorati – Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Mamlakatning ichki va tashqi siyosati muammolarini hal qilishda Oliy Majlis vakolatlari bosqichma-bosqich kengayib bormoqda. Jumladan, o‘tgan yildan boshlab Oliy Majlis palatalariga Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash huquqi berildi, bu ham ijroiya organlari, ham mamlakat parlamentining mas'uliyatini oshirishga yordam beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil yanvar oyida Oliy Majlisga Murojaatnomasida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida amaliy o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, ushbu masala bo‘yicha muntazam ravishda parlament va jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarurligini ta'kidlagan edi.
Parlamentlararo ittifoqning 2020 yil fevral oyida bergan tavsiyalariga muvofiq, samarali parlament nazorati va barqaror rivojlanishning milliy maqsadlarini amalga oshirish jarayonini tahlil qilish uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. Komissiya ham respublika miqyosida, ham hudud va tumanlar kesimida doimiy ravishda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarning bajarilishini nazorat qiladi. Bunda 6600dan ortiq mahalliy Kengash deputatlar salohiyati jalb qilinadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bajarilishini nazorat qilishda parlament a'zolarining roli ularning inson huquqlarini himoya qilishni targ‘ib etishdagi roli, shu jumladan, xalqaro shartnoma va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish yo‘li bilan, shuningdek, qonunchilikda va amaliyotda inson huquqlarining xalqaro konsepsiyalari nazoratini ta'minlash bilan o‘zaro bog‘liqdir. Shu jihatdan joriy yilning may oyida BMTning din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmed Shahidning tavsiyalarini bajarish bo‘yicha «Yo‘l xarita»sini amalga oshirish jarayoni haqida onlayn shakldagi parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlash joizki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 22 iyundagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyasi tasdiqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzildi, u har chorakda vazirliklar va idoralar rahbarlarining Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyasi va unga «Yo‘l xaritasi» ijrosi to‘g‘risida ma'lumotlarini tinglaydi.
Muhtaram prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasining yalpi qismida so‘zlagan nutqida BMT Bosh assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlarning rolini oshirish to‘g‘risida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Bu davlatlarning BRM (Barqaror rivojlanish maqsadlari) oldidagi majburiyatlarini samarali bajarish uchun javobgarlikni ta'minlashga yordam beradi. Parlament a'zolari o‘z funksiyalari doirasida fuqarolarning, saylovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda insonga yo‘naltirilgan rivojlanish jarayonlarini ilgari suradilar. Parlament vakillari milliy rejalar va dasturlarning bajarilishini nazorat qilish, parlament nazoratini ta'minlash bilan bir qatorda rejalashtirish, budjetni ishlab chiqish va tasdiqlash, amalga oshirish va BRMga erishish yo‘lidagi taraqqiyotni monitoring qilish bo‘yicha qarorlarni aniqlash uchun mintaqaviy va global darajadagi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashadilar.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

19:18 / 04.07.2025
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi

18:56 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

17:51 / 04.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

16:40 / 04.07.2025