Sport | 01:00 / 24.09.2020
10960
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Paxtakor» Masharipovning goli evaziga «Shahri Xudro‘»ni mag‘lub etdi

Osiyo Chempionlar Ligasi V guruhining 6-turida «Paxtakor» Eronning «Shahri Xudro‘» klubi bilan bahs yuritib, Jaloliddin Masharipovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. 

Guruh peshqadami «Al Hilol» turnirdan chetlatilganidan so‘ng «Paxtakor» 10 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. BAAning «Shabob Al Ahli» jamoasi esa 7 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, 26 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 1/8 final bahsida «Paxtakor» Eronning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

OChL, V guruhi, 6-tur, 23 sentabr

Shahri Xudro‘ – Paxtakor 0:1

Gol: Jaloliddin Masharipov (65).

Paxtakor – Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 46), Anzur Ismoilov, Yegor Krimets (Sadriddin Abdullayev, 67), Farruh Sayfiyev, Odil Hamrobekov (Vladimir Kozak, 46), Abror Ismoilov, Doston Hamdamov (Javoxir Siddiqov, 46), Dragan Cheran (Asad Sobirjonov, 77), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.

Shahri Xudro‘ – Matin Safaian, Ali Ne'mati, Farshad Faraji, Omid Mansuri, Hassan Ja'fari, Muhammad Faramarzi (Alirizo Asadabadi, 78), Akbar Sodiqi, Ali Taheran, Muhammad Rizo Halatbori (Husayn Mehraban, 69), Ruholloh Sayfulloh (Amir Ja'fari, 78), Muhammad Najafabadi.

Ogohlantirishlar: Taheran (31), Halatbori (45), Ne'mati (45+3), Sodiqi (69), Komilov (73), Ja'fari (76).

Mavzuga oid